Oʼz kitobini bizning platformaga joylashtirishni istagan mualliflar diqqatiga!!! Soʼngi vaqtlarda mualliflik huquqining buzilishi holatlari koʼplab uchramoqda. Аsarlarning va turdosh huquqlar obʼektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida»gi Qonunning 62-moddasi). Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: nusxa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta koʼpaytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy taʼminotni oʼrnatish va b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni kontsert zallari, teatr kabilarda ommaviy ijro etish; uni radio, televidenie singarilar orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat). Bularning toʼliq roʼyxatini keltirishning ham ilojisi yoʼq. Nega desangiz, huquqbuzarlar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʼzlashtirishning yangidan-yangi yoʼllarini topishmoqda.

Mana shunday yuqorida sanab oʼtilgan holatlarga duch kelmasligingiz uchun quyidagi havolaga kirib toʼliqroq maʼlumotga ega boʼlishingiz mumkin:

https://lex.uz/docs/-1022944

Bizning platforma bilan sizning mualliflik huquqingiz toʼliq himoyada ekanini eslatib oʼtmoqchimiz. Negaki, “kytab.uz” platformasi Yevropa talablari darajasidagi dastur (Digital rights management tizim) yordamida himoyalangan. Hech qanday begona shaxs kirib oʼqiy olmaydi va undan nusxa koʼchirib ololmaydi. Bundan tashqari, birlamchi mablagʼ umuman shart emas. Bizning platforma bilan bozorga kirish ham juda oson. Mana shu imkoniyatlarning barchasi bizning “kytab.uz” platformasida. Imkoniyatni qoʼldan boy bermang!
Kitobni platformaga joylashtirish uchun hoziroq quyidagi elektron manzilga kiring va arizani toʼldiring. Biz bilan aloqaga kirishganingizdan hech ham afsuslanmaysiz. Murojaatlaringizni kutib qolamiz!