“Al-ilm” tashkilotining jonkuyar jamoasi sizga oʼzining cheksiz hurmatini bildirgan holda, rivojlangan davr talablariga javob bera oladigan “kytab.uz” elektron va audio kitoblarni oʼz ichiga olgan platformasini taqdim etadi. Hozirgi innovatsiyalashayotgan zamonda xalqning qogʼozli kitoblarga boʼlgan qiziqishi kundan-kunga pasaymoqda. Bunga asosiy sabab, bugungi kunda internet tarmoqlarining jadallik bilan rivojlanib borayotgani va u yerga barcha kerakli maʼlumotlar joylanayotganligidir. Tabiiyki, omma maʼlumot olishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Buning ustiga qogʼozning narxi ham anchagina koʼtarilib ketdi. Shularni inobatga olgan holda “al-ilm.uz” kitobxonlarga har tomonlama qulaylik yaratish va kitobga boʼlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “kytab.uz” platformasini barchaga taqdim qildi.

“Al-ilm” tashkilotiga 2020 yilda asos solingan boʼlib, uning asosiy maqsadi ilmga asoslangan loyihalarni yoʼlga qoʼyishdan iborat. Shulardan eng asosiy va muhimi – elektron va audiokitoblarni keng ommaga taqdim etishdan iborat. “kytab.uz” Ushbu loyiha “kytab.uz” platformasi orqali amalga oshiriladi. Siz elektron kitoblarni oʼqishingiz yoki boʼlmasa audio kitoblarni tinglashingiz mumkin. Buning uchun avvalo, dasturni oʼz qurilmangizga yuklab olasiz va u yerga joylangan kitoblarni oʼzingizga yoqqanini tanlab oʼqish imkoniyatiga ega boʼlasiz. Unda turli tillarda istalgan turkumga oid asarlarni, jahon bestsellerlarini topishingiz va turli sharoitda, bepul tarzda Android, iOS, Web tizimlari orqali 400 dan ortiq elektron hamda 200 dan ortiq audio kitoblarni oʼqiy olishingiz hamda tinglashingiz mumkin boʼladi. “kytab.uz” platformasini kuzatib kelayotgan foydalanuvchilari soni har yili 100 000 taga ortishi kutilmoqda. “kytab.uz“ da hozirda turli hil tillarda, asosan – rus, o’zbek va ingliz tillaridagi kitoblar joylangan. Katalog har oy 1 000 taga yaqin asarlar bilan boyitiladi. Kompaniya mualliflarga audio variantini yozish xizmatini ham taklif etadi.

Eng mashhur – “Kytab“ iOS va Android platformalaridagi ilovasi quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • “Kytab“ ilovasidagi barcha sotib olingan kitoblarga kirish har qanday qurilmadan va “kytab.uz” veb-saytidan;
  • o’qish holatini eslab qolish va qurilmalar o’rtasida sinxronizatsiyalash;
  • offlayn rejimda o’qish qobiliyati;
  • bepul fragment – kitob mazmuni bilan tanishish uchun 25% gacha o’qib ko’rish imkoniyati;
  • tavsiyalar va tanlovlar mavjudligi;
  • kitoblar uchun batafsil izoh;
  • har bir kitob foydalanuvchilar tomonidan baholanishi;
  • matn parametrlarini tezkor sozlash: shrift turi va o’lchami, qatorlar oralig’i, tekislash rejimi va boshqalar;
  • ijtimoiy tarmoqlarda turli ma’lumotlarni bo’lishish imkoniyati.

 

Bizning shiorimiz – kitobni har kim, har kuni, arzon narxda, qulay tarzda va istalgan joyda oʼqishi kerak!