Tog‘ay Murodning birinchi romani «Otamdan qolgan dalalar» (1993) asaridir. Bu asar haqida muallif «Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!» degan. Bu asar ramziy bo‘lib, unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o‘zbek xalqi siymosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi.