Quyoshni bahorning boshi va kuzning adog‘ida har qachongidan ko‘ra qattiqroq, ko‘proq suyushimizni ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Odamlar ilk bahor kuyoshini askarlikdan qaytgan o‘g‘lini yoki g‘urbatga uzatilgan, ya’ni uzoqqa kelin bo‘lib tushgan qizini kutib olgan otaona kabi qarshilaydilar. Kuzgi quyosh esa bamisoli bayram ta’tilida kelgan mehmon — loaqal yana bir kunga qolishi istalgan suyukli farzand... U bulutlar bag‘ridan boqishi bilan bog‘chalarga, supalarga, ayvonlarga, derazalar tubiga ko‘rpachalar solinadi, suhbatlar kurilib, tikish-bichish singari qo‘l yumushlariga kirishiladi.