Har gal safarga chiqishim oldidan kichkina yog’och ramkaga solingan surat oldida turish menga odat bo’lib qolgandi. Ertaga ovulga jo’nashim kerak. Mana, hozir ham o’sha suratga tikilib, go’yo undan oq yo’l tilayotgandek ko’zimni uzolmay, uzoq termilib qoldim.