Bolangizga sheʼr yodlating! Bu pand-nasihatning eng taʼsirchan usulidir. Bu oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishni oʼrganishdagi ilk qadamdir. Bu goʼzallikni ilgʼash va qadrlay olish koʼnikmasini shakllantirishning sinalgan vositasidir. Mazkur kitobda joylashgan sheʼrlarni bir emas, bir necha avlod yodlab katta boʼlgan. Bolaligingizda oʼzingizga shodlik baxsh etgan sheʼrlar bugun farzandlaringizning tilidan jaranglab qaytadan koʼnglingiz va koʼzingizni quvontirsin !